Davra suhbati
📚 “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 14-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida buyuk sarkarda, davlat arbobi va Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Amir Temurning jahon tarixidagi o‘rni” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌 Davra suhbati davomida ishtirokchilarga Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, adolatparvar siyosati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqironning boy merosi, uning jahon tarixidagi beqiyos o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
