Kitob sharhi
✅21-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan Forish tumanida yashab ijod qilayotgan iste’dodli yozuvchi va shoira Saida Siddiqovaning “Jajji bolajon” kitobi yuzasidan kitob sharhi o‘tkazildi.
📌O'quvchilarga mazkur asarning mazmun-mohiyati, unda bolalar tarbiyasi, ularning beg‘ubor dunyosi, orzu-intilishlari va hayotga bo‘lgan qarashlari samimiy va sodda tilda yoritilgani haqida so‘z yuritildi. Kitobdagi she’r va hikoyalar orqali kichik yoshdagi kitobxonlarda ezgulik, mehr-oqibat, Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.
