Davra suhbati
📚21-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida “Kitob – kelajak kaliti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng yoritishdan iborat bo‘ldi.
📌Davra suhbatida ishtirokchilar bilan birgalikda kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va nutq boyligini rivojlantirishdagi o‘rni haqida suhbatlashildi. Ayniqsa, kitob mutolaasining yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etishi, ularning bilim saviyasini oshirishda beqiyos manba ekani ta’kidlab o‘tildi.
