Davra suhbati
📚 27-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida jahon adabiyoti durdonalaridan rus yozuvchisi Dostoyevskiy Fyodor Mixaylovichning asarlari yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
📌Tadbir davomida adibning boy ijodiy merosi, inson ruhiyati, ezgulik va yovuzlik, vijdon va adolat kabi chuqur falsafiy mavzular yoritilgan asarlari haqida fikr almashildi. Xususan, yozuvchining “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Aka-uka Karamazovlar” kabi mashhur asarlarining mazmun-mohiyati, ularning jahon adabiyotidagi o‘rni va bugungi kitobxon uchun ahamiyati xususida suxbatlashildi.
