Davra suhbati
📚 28-aprel kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabining ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D. Safarova hamkorligida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Kitob mutolaasi – kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbirning maqsadi yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning mutolaa madaniyatini oshirish, kitob orqali bilim va tafakkurni boyitishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida kitob inson ma’naviy kamolotining muhim omili, ilm-fan va muvaffaqiyat sari eltuvchi ishonchli yo‘l ekani haqida suhbatlashildi.
📌 Davra suhbatida o‘quvchilar bilan kitob mutolaasining foydasi, muvaffaqiyatga erishgan insonlar hayotida kitobning o‘rni haqida suhbatlashilib, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, muntazam o‘qish odatini shakllantirish ta’kidlab o‘tildi.
