Davra suhbati
📚 4-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida “Milliy g‘ururimiz” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📌Tadbirda o‘quvchilar milliyligimizni aks ettiruvchi liboslarda ishtirok etib, o‘zlarining milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini namoyon etdilar. Kutubxona xodimi tomonidan yoshlarga milliy qadriyatlarimizning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
✅Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, faxr va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
