Davra suhbati
📚 6-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 1-umumta’lim maktab faol kitobxonlari o‘rtasida 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga atab “Xotira – muqaddas, qadriyat – abadiy” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbatida o‘quvchilarga Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, front ortidagi mashaqqatli mehnat, shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan jasur ajdodlarimizning qahramonliklari haqida suhbatlashildi.