Davra suhbati
📚 13-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 1-umumta’lim maktabining faol kitobxonlari o‘rtasida o‘quvchi-yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Kitob — bilimlar kaliti” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌 Davra suhbatida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi ahamiyati, muntazam kitob o‘qishning foydali jihatlari hamda bolalar adabiyotlarining tarbiyaviy o‘rni haqida sodda va qiziqarli tarzda tushunchalar berildi.
