Davra suhbati
Forish tuman Axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" munosabati bilan, 14-may kuni “Mutolaa — yoshlar qanoti” nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, bilim va tafakkurini kengaytirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlar bilan kitob mutolaasi, zamonaviy bilim olish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berdi.
