Davra suhbati
📚 20-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamkorligida faol kitobxonlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda shoira Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligi munosabati bilan uning hayoti va ijodini keng targ‘ib etish maqsadida “Shoira ijodida Ona Vatan madhi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbati davomida ishtirokchilarga shoira Halima Xudoyberdiyevaning sermazmun hayoti, betakror ijodi hamda uning she’rlarida Vatanga muhabbat, ona siymosi, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarning yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etilgani haqida suhbatlashildi.
