Davra suhbati
📚 Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Butunjahon oila kuni munosabati bilan 55-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Oila — mehr va tarbiya maskani” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbati davomida oila muqaddas qadriyat ekani, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni, oiladagi mehr-oqibat va o‘zaro hurmatning аhamiyati haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, o‘quvchilarga kitob mutolaasining oilaviy tarbiyadagi o‘rni, ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
