Davra suhbati
📚 21-may kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktab o‘qituvchilari hamkorligida faol kitobxonlar o‘rtasida O‘zbek yozuvchisi, jamoat arbobi, olim va faylasuf Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan “Buyuk ma’rifatparvar siymosi” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌Tadbir davomida ishtirokchilarga Abdurauf Fitratning o‘zbek adabiyoti, ilm-fan va milliy ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Fitratning ijodi, uning xalqni ilm-ma’rifatga, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga chorlovchi asarlari haqida suhbatlashildi
