Davra suhbati
📚 Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamkorligida Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Ilm va tafakkur sari” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbir davomida muallif Akramov Mirmuxsin Rustamovich tomonidan Forish tuman axborot-kutubxona markaziga sovg‘a qilingan “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya” hamda “Shaxsda ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari” nomli kitoblar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
📌Davra suhbatida mazkur asarlarning ilmiy va amaliy ahamiyati, psixologik bilimlarning inson hayotidagi o‘rni, shaxs kamoloti, ekologik madaniyat va ekologik ongni shakllantirish masalalari haqida suhbatlashildi. Ishtirokchilar kitoblarning mazmuni bilan yaqindan tanishib, ularda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
