Davra suhbati
📚 11-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 1-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyachilari ishtirokida yozuvchi Iqbaloy Umarovaning "O‘gay taqdirlar" kitobi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, mutolaa orqali ma’naviy dunyoni boyitish hamda kitobxonlar o‘rtasida badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
📌Davra suhbati davomida kutubxona xodimi tomonidan asar haqida qisqacha ma’lumot berilib, unda yoritilgan hayotiy voqealar, inson taqdiri, mehr-muhabbat, sabr-toqat va oilaviy munosabatlar kabi dolzarb mavzular haqida so‘z yuritildi.
