Davra suhbati
📚 17-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan 2-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Ertaklar olamiga sayohat" nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbir davomida bolajonlarga o‘zbek xalq ertaklarining mazmun-mohiyati, ulardagi ezgulik, do‘stlik, mehnatsevarlik va halollik kabi fazilatlar haqida bolajonlarga so'zlab berildi. Shuningdek, ertak qahramonlari ishtirokidagi qo‘g‘irchoq teatri namoyish etilib, bolalarga quvonch ulashildi.
