Davra suhbati
📚 22-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan "Kitobxonlar klubi" a'zolari o‘rtasida qatag‘on qurbonlarini yod etish, ularning xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan "Xotira — millatning mangu qadriyati" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌Tadbir davomida qatag‘on yillarida nohaq jabrlangan va xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan jadid ma’rifatparvarlari hamda ziyolilar hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan ularning boy ilmiy va adabiy merosi, Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
