Davra suhbati
📚 “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida 24-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazida direktor hamda markaz xodimlari ishtirokida yoshlar o‘rtasida “Yoshlar va kitobxonlik — kelajak poydevori” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi kutubxona rahbariyati va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etish, yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflarini tinglash hamda ularni kitob mutolaasiga jalb etishdan iborat bo‘ldi.
✅ Davra suhbati davomida yoshlarning ma’naviy kamolotida kitobning o‘rni, mutolaaning shaxs rivoji va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
✅ Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kutubxona xizmatlari haqida ma’lumot berildi.
