Davra suhbati
📚 25-iyun kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorlikda Forish tumani Yomchi qishlog‘ida joylashgan “Koinot” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar ishtirokida “Kitob – ma’naviyat va bilim manbai” nomli davra suhbati o‘tkazildi.
📌Davra suhbatida bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
✅Shuningdek, ishtirokchilar bilan sevimli kitoblari yuzasidan fikr almashilib, badiiy adabiyotlarning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi.
🔖Tadbir davomida bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kitob mutolaasi orqali bilim va ma’naviyatni yuksaltirish mumkinligi ta’kidlandi. Yakunda bolalarga kitob o‘qish va ilm olishga oid tavsiyalar berildi.
