Davra suhbati
📚 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati tomonidan kitobxonlar klubi aʼzolari oʻrtasida "Yoshlar — kelajak bunyodkorlari" nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌 Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, uning qabul qilinishining huquqiy asoslari hamda davlat ramzlari orasidagi beqiyos oʻrni haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, Davlat gerbida aks etgan ramzlarning mazmun-mohiyati, ularning Vatanga sadoqat, tinchlik, farovonlik va milliy qadriyatlarni ifoda etuvchi ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi.
