Davra suhbati
📚 6-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning ma'naviy-intellektual salohiyatini oshirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida "Mutolaa — tafakkur manbai" nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbatida mutolaa insonning dunyoqarashini kengaytirishi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi hamda yuksak ma'naviyatli avlodni tarbiyalashdagi muhim omillardan biri ekani haqida suhbatlashildi.
