Davra suhbati
📚Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Forish tumanidagi bolalar oromgohiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida dam olayotgan yoshlar ishtirokida "Mutolaa – bilim va tafakkur sari yo‘l" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni oshirish, ularning ma'naviy-intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
📌Davra suhbati davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni va mutolaaning tafakkur hamda dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar mutolaa qilgan kitoblari yuzasidan fikr almashib, sevimli asarlari haqida mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlariga mos badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etildi.
