Davra suhbati
📚 "Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida" shiori ostida 9-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan yoshlar o‘rtasida "Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" nomli davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbati davomida yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, Vatanga sadoqat, yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning faol ishtiroki hamda ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish haqida suhbatlashildi. Shuningdek, kitob mutolaasining yoshlar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati, ma'naviy barkamollikni shakllantirishdagi o‘rni va kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil so‘z yuritildi.
