Davra suhbati
📚Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida Forish tumanida joylashgan bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar ishtirokida "Kitob bilan porloq kelajak sari" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbati davomida bolalarga kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda kitobning beqiyos o‘rni haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobga mehr uyg‘otish hamda yosh avlodni ma'naviy barkamol etib tarbiyalash borasida suhbat olib borildi.
