Davra suhbati
📚 16-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan har haftaning payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan "Yoshlar kuni" doirasida "Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga rag‘batlantirish hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlarning hayotiy tajribalarini yoshlar bilan bo‘lishishdan iborat bo‘ldi.
📌Davra suhbatiga Forish tuman markazida faoliyat yuritayotgan "AILE BURGER" oilaviy burgerxonasi rahbari Shavkatov Shoxrux taklif etildi. U o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayoni, duch kelgan sinov va qiyinchiliklarni yengib o‘tish tajribasi hamda erishilgan natijalar haqida so‘z yuritdi.