Davra suhbati
📚 Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” doirasida 17-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Forish tuman "Amir Temur MFY"sining xotin-qizlari ishtirokida "Mutolaa – ma’rifat va tarbiya manbai" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, mutolaa orqali ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashni boyitish hamda oilalarda kitob mutolaasi an’analarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
✅Davra suhbati davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni, farzand tarbiyasida onalarning mas’uliyati hamda oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
