Davra suhbati
📚 22-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida qatag‘on qurbonlarini yod etish, ularning xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan "Ajdodlar xotirasi – qalbimizda mangu" nomli davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbir davomida o‘quvchilarga qatag‘on yillarida ko‘plab ilm-fan, adabiyot va ma’rifat fidoyilari nohaq jazolanganligi, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish hamda Vatan tarixini bilish har bir yosh avlodning muhim burchi ekani haqida tushunchalar berildi.
