Davra suhbati
📚27-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Forish tuman 1-son bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Ertaklar olamiga sayohat" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌 Davra suhbati davomida bolajonlarga kitobning o‘rni, kitob o'qishning foydasi hamda ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, bolalar yoshiga mos ertak va she'rlar o‘qib eshittirildi, ertak qahramonlari haqida savol-javoblar o'tkazilib, ularning fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.
