Davra suhbati
📚 28-iyul kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tuman Madaniyat markazi bilan hamkorlikda bolalarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli va maroqli tashkil etish, ularning milliy qadriyatlarimiz hamda boy madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida "Milliy cholg‘u asboblarimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zbek xalqining qadimiy va betakror milliy cholg‘u asboblari – dutor, doira, rubob, tanbur, nay, gijjak, karnay va surnay kabi cholg‘ularning yaratilish tarixi, tuzilishi, ijro usullari hamda milliy musiqa san’atimizdagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy musiqa xalqimizning ma’naviy merosi, urf-odat va an’analarini asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
