Davra suhbati
📚 3-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Forish tuman Madaniyat markazi hamkorligida bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularda milliy madaniyat va san’atga qiziqishni oshirish maqsadida "Milliy musiqa merosi – bebaho qadriyat" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zbek milliy cholg‘u asboblari – dutor, rubob, doiralarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning milliy musiqa san’atidagi o‘rni hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
