Davra suhbati
📚 5-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85-yilligi munosabati bilan "Inson qalbining mohir musavviri" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📌Tadbir davomida O‘tkir Hoshimovning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, uning xalqchil va hayotiy ruhda yozilgan asarlari, insoniylik, mehr-oqibat, vatanparvarlik hamda oilaviy qadriyatlarni ulug‘lovchi ijodi haqida batafsil so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga adibning hayoti va ijod yo‘li, uning "Ikki eshik orasi", "Dunyoning ishlari", "Bahor qaytmaydi" kabi mashhur asarlarining mazmun-mohiyati hamda bugungi kitobxonlar uchun tarbiyaviy ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi.
