Davra suhbati
📚 10-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Kelajak markazi bilan hamkorlikda faol kitobxonlar ishtirokida qatag‘on qurbonlarini yod etish, ularning xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan “Unutilmas xotiralar” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📖 Davra suhbatida qatag‘on yillarida nohaqlikga uchragan, o‘z hayotini xalq va Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlagan fidoyi insonlarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi.
✅Tadbir davomida qatag‘on qurbonlari xotirasini asrash, ularning hayoti va ijodiy merosini yosh avlodga yetkazish, tariximizning achchiq saboqlaridan xulosa chiqarish muhimligi haqida fikr almashildi.
