Davra suhbati
📚 13-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati tomonidan har haftaning payshanba kuni an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan "Yoshlar kuni" doirasida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida "Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌 Davra suhbatida buyuk mutafakkir va shoirlar Alisher Navoiy hamda Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodiy faoliyati, ularning jahon adabiyoti va ma’naviy tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, Navoiy va Rumiy asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, ezgulik, mehr-oqibat, ilm-ma’rifat va komillikka intilish kabi g‘oyalarning bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr almashildi.
