Davra suhbati
📚 Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” doirasida 17-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Forish tuman "Bog'don MFY"sining xotin-qizlari ishtirokida “Ona kitobxon bo‘lsa, oila ma’rifatli bo‘ladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbati davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni, farzand tarbiyasida onalarning mas’uliyati hamda oilada kitobxonlik muhitini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
