Davra suhbati
📚 18-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida “Qadriyatlar — millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbatida kitobxonlikning inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlod tarbiyasida badiiy adabiyotning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
