Davra suhbati
📚 20-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati bilan birgalikda har haftaning payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun “Bir kunlik rahbar” loyihasi amalga oshirildi.
📌Tadbir davomida yoshlarga rahbarlik mas’uliyati, jamoani boshqarish, to‘g‘ri qaror qabul qilish, tashabbuskorlik va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, o‘z ustida ishlashi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda kelajakda munosib mutaxassis va rahbar bo‘lib yetishishi uchun zarur bo‘lgan fazilatlar haqida fikr almashildi.
