Davra suhbati
27-avgust kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazida har haftaning payshanba kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir avvalida Forish tuman axborot-kutubxona markazi rahbari o‘quvchi-yoshlarni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Mustaqillik xalqimiz uchun tinchlik, erkinlik, bunyodkorlik va farovon hayot timsoli ekanini ta’kidlab, yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, Vatanga sadoqatli va bilimli insonlar bo‘lib voyaga yetish zarurligi haqida fikr bildirdi.
