Davra suhbati
Oʻzbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan 39815 harbiy qismdan kichik-serjant J. Oxunov, oddiy askar A. Moʻydinov va Harbiy xizmatchilar Forish tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kitobxon oʻquvchi yoshlarni ma'naviyatini yanada oshirish maqsadida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida Forish tuman axborot-kutubxona markazi xodimi M.Ayasova tomonidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Harbiy xizmatchilarni tabriklab "Shunqorlar Vatan tayanchi" nomli kitob yuzasidan davra suhbati ham tashkil qilindi.