Davra suhbati
📚4-sentabr Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta'lim maktab o'qituvchilari bilan hamkorlikda "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Istiqbol adabiy, Istiqboli munavvar yust" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Shuningdek, Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyotining rivojlanishi, milliy adabiyotimiz namoyandalarining ijodiy merosi, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va kitobxonlik ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati haqida suhbatlashildi.
