Davra suhbati
📚 7-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda faol kitobxonlar o‘rtasida “Yangi bilimlar sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌Davra suhbatida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yoshlarni bilim olishga, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
