Davra suhbati
📚 📚 8-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 2-son bolalar bog‘chasi bilan hamkorlikda “Milliy qadriyatlar — go‘zal an’analarimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🌿 Tadbir davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilariga xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari haqida bolalar hos sodda va qiziqarli tarzda ma’lumotlar berildi.
👧👦 Bolajonlarga kattalarni hurmat qilish, kichiklarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, mehmonni kutib olish, salomlashish, odobli va mehribon bo‘lish kabi ezgu fazilatlar milliy tarbiyamizning muhim qismi ekanligi tushuntirildi.
