Davra suhbati
📚 9-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 33-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda yangi o‘zgarishlar sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbatida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar va bunyodkorlik ishlari, aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida fikrlar bildirildi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning bilimli, ma’rifatli va faol bo‘lib voyaga yetishi muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.
📌Tadbir davomida mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, mamlakatimiz tarixi, bugungi islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy hayot hamda yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan adabiyotlar namoyish etildi.
