Davra suhbati
📚 10-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 2-son bolalar bog‘chasi bilan hamkorlikda jajji bolajonlar o‘rtasida “Kitob — mening eng yaqin do‘stim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida jajji kitobxonlarga bolalar adabiyotlari, rang-barang ertak kitoblari namoyish etilib, kitoblarni asrab-avaylash, ularni ozoda tutish va mutolaa qilishga mehr uyg‘otish bo‘yicha tushunchalar berildi.
