Davra suhbati
📚 Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni” doirasida 14-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Forish tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi xotin-qizlari ishtirokida “Kitobxon ayol — ma’naviyatli avlod tarbiyachisi”mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbatida kitobxonlikning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni, kitob o‘qish orqali dunyoqarashni kengaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish haqida fikr almashildi. Ayniqsa, onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ularning kitobga bo‘lgan munosabati farzandlarning mutolaaga qiziqishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
