Davra suhbati
📚 16-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan Forish tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari o‘rtasida «Kitob — bilim va ma’rifat manbai» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📌Davra suhbatida kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning bilim va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kitob mutolaasi insonning ma’naviy olamini boyitishi, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
