Davra suhbati
📚 16-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida “Milliy qadriyatlar — ma’naviy kamolot mezoni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📌Davra suhbati davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
✅Tadbir davomida “Milliy qadriyatlar — ma’naviy kamolot mezoni” nomli kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmadan milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyat, ma’rifat, urf-odat va an’analarimiz haqida hikoya qiluvchi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘rin oldi.
