Davra suhbati
📚 21-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan "Kitobxonlar klubi" a'zolari ishtirokida qatag‘on qurbonlarini yod etish, ularning xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan “Unutilmas xotiralar” nomli davra suhbati tashkil etildi.
📖 Davra suhbatida qatag‘on yillarida nohaqlikga uchragan, o‘z hayotini xalq va Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlagan fidoyi insonlarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi.
✅Tadbir davomida qatag‘on qurbonlari xotirasini asrash, ularning hayoti va ijodiy merosini yosh avlodga yetkazish, tariximizning achchiq saboqlaridan xulosa chiqarish muhimligi haqida fikr almashildi.
