Davra suhbati
📚 22-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 2-son bolalar bog‘chasi bilan hamkorlikda jajji bolajonlar o‘rtasida “Kitob — mening eng yaqin do‘stim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Tadbir davomida jajji kitobxonlarga bolalar adabiyotlari, rang-barang ertak kitoblari namoyish etildi. Bolajonlarga turli ertak kitoblaridan o‘qib berilib, ertak qahramonlari va ularning sarguzashtlari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, kitoblarni asrab-avaylash, ularni ozoda tutish va ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerakligi tushuntirib o'tildi.
