Davra suhbati
📚 28-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati tomonidan faol kitobxonlar o‘rtasida “Har bir kitobda bir olam” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
💬 Suhbat davomida turli janrdagi asarlar, ularning mazmuni va qahramonlari haqida qiziqarli mulohazalar bildirildi. Kitobxonlar bir-birlariga o‘zlari mutolaa qilgan va boshqalarga ham tavsiya etadigan asarlar haqida ma’lumot berdilar.
📚 Shuningdek, kitob o‘qish insonning fikrlash doirasini kengaytirishi haqida fikrlar bildirildi. Tadbir yakunida kitobxonlarga kutubxona fondidagi qiziqarli va mazmunli adabiyotlar tavsiya qilindi.
