Davra suhbati
📚 29-sentabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi, Kelajak markazi hamda 1-umumta’lim maktabi hamkorligida faol kitobxonlar o‘rtasida “Kitob bilan ulg‘aygan avlod” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Davra suhbatida kitob mutolaasining inson dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, ularda qoldirgan taassurotlari hamda kitobxonlik odatlari haqida o‘zaro suhbatlashdilar.
💬 Suhbat davomida yoshlarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish, mazmunli adabiyotlarni tanlab o‘qish va bo‘sh vaqtni kitob bilan samarali o‘tkazish yuzasidan fikrlar bildirildi.
📚 Tadbir yakunida ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazidagi yangi adabiyotlar va yoshlar uchun tavsiya etiladigan badiiy asarlar haqida ma’lumot berildi.
