Davra suhbati
📚 5-oktabr kuni Forish tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati hamda 1-umumta’lim maktabining Ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamkorligida faol kitobxonlar ishtirokida “Kitob bilan ulg‘aygan avlod” nomli davra suhbati tashkil qilindi.
📌Davra suhbatining asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa orqali dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
📖 Davra suhbati davomida o‘quvchilar bilan kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, yoshlarning ma’naviy kamolotida badiiy adabiyotning ahamiyati haqida fikr almashildi.
